1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod Vatanning baxti - bet 3

bet3/6
Sana04.06.2018
Hajmi411.58 Kb.

kirdi. Bugun ofitser sifatida milliy

armiyamiz saflarida xizmat

qilayapti. Avvalo, tanlov unda

harbiylikdek sharafli kasbdan

faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘u-

larini yanada shakllantirdi. Ongida,

dunyoqarashida o‘zgarishlarga

sabab bo‘ldi. Ichki dunyosi, irodasi

toblandi. Jismida beqiyos bir kuch

paydo qildi. Ertangi kunga umid,

ishonchini mustahkamladi. Bun-

day insonni, o‘z ishining ustasini

yengib bo‘larkanmi?!

Texnika soz bo‘lsa, bu —

muvaffaqiyat garovi demakdir.

Navbatdagi jangovar o‘quv

mashqlari oldidan...

2004-yilning fevralida Prezi-

dentimizning Farmoyishiga ko‘ra

Qurolli Kuchlar xodimlari o‘rta-

sida “Eng ilg‘or mutaxassis”

tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan

maqsad harbiy qo‘shinlardagi

jangovar tayyorgarlik tizimini

yanada takomillashtirish, Qurolli

Kuchlar turlari o‘rtasidagi o‘zaro

tezkor  uyg‘unlikni, shaxsiy tarkib-

ning jangovar o‘quv tayyorgar-

liklarini sifatli o‘zlashtirishni ta’-

minlash, harbiy xizmat nufuzini

yanada oshirish, Vatanga, tanlan-

gan mardlar kasbiga muhabbatga

yo‘g‘rilgan an’analarni shakl-

lantirish kabi olijanob vazifalardir.

Unda kichik va o‘rta komandirlik

bo‘g‘inlari lavozimidagi harbiylarni

kasbiy rag‘batlantirish, ularning

intellektual salohiyatlari, yetak-

chilik sifatlarini shakllantirish,

qo‘shinlarda yuksak ma’naviy

jangovar ruh, sog‘lom raqobat

muhitini yaratish, kadrlar tayyor-

lash tizimini takomillashtirish

masalalari ham ko‘zda tutilgan. Bir

so‘z bilan aytganda, harbiy

mahoratda hech kimdan kam

bo‘lmagan milliy armiyani shakl-

lantirish — ustuvor maqsadimiz.

Tanlov ilk bor o‘tkazilganda,

Ofitser Hakimjon Satilov ikki

bora “Eng ilg‘or divizion koman-

diri” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Men u bilan ko‘p bor suhbat-

lashganman. Xizmat faoliyatini

kuzatganman. Faol hayotiy

pozitsiyaga ega bu harbiy, barcha

safdoshlari kabi, O‘zbekistoni-

miz taqdiri uchun mas’uliyat

hissi, yurtimiz mustaqilligi va

xavfsizligini mustahkamlash tuy-

g‘usi bilan yashashga intiladi.

Uning kuchi ham, qudrati ham

ana shunda. Tanlov sabab bun-

dayin mard-u maydonlarimizda

ma’naviy jasorat sayqal topmoqda.

Xullas, bugun o‘z hayotini

armiyasiz tasavvur etolmaydigan,

harbiy xizmatni shunchaki ish

emas, Vatan, xalq oldidagi

muqaddas burch, deb biladigan

avlod shakllanmoqda. Eng katta

yutug‘imiz ham ana shunda.

Ha, bugun ozod yurt posboni

maqomi yuksak. Ularning surati

ham, siyrati ham bir — jismonan

baquvvat, eng zamonaviy harbiy

texnika va texnologiyalarning sir-

asrorlarini puxta egallagan, yuksak

aql-zakovati, intellektual salo-

hiyati, mustahkam irodasi, xalqiga

cheksiz sadoqati bilan ajralib tur-

gan mard-u maydonlar. Shularni

o‘ylaganda, eng ulug‘ ne’matimiz

— mustaqilligimizga takrortakror

shukronalar aytgim kelaveradi.

Alijon SAFAROV

Bahrom ABDURAHIMOV, Ahror OCHILOV suvratga tushirdi.



MA’NAVIYAT  VA

ADABIY  TA’LIM

NSONIYAT

I


14

MA’NAVIYAT  VA

ADABIY  TA’LIM

deb e’lon qilish bilan uning tub

mohiyatini izohlar ekan, yosh

avlod tarbiyasining davlat va

jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi

yuzasidan quyidagilarni bayon

etdi: “... biz yurtimizning ertangi

rivoji yo‘lida qanday chuqur

o‘ylangan dasturlarni tuzmaylik,

bu rejalarni bajarish uchun

qanday moddiy baza va imko-

niyatlarni yaratmaylik, buning

uchun qancha ko‘p sarmoya

safarbar etmaylik, ularning

barchasini amalga oshiradigan,

ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir

omil borki, u ham bo‘lsa, yuqori

malakali ish kuchi va yurtimizning

ertangi kuni, taraqqiyoti uchun

mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga

qodir bo‘lgan yetuk mutaxassis

yoshlarimiz, desak, o‘ylaymanki,

hech qanday xato bo‘lmaydi”.

Inson tug‘ilganidan boshlab

o‘zida ta’lim-tarbiyaga muhtojlik

sezadi. Bolalardagi taqlidga moyillik

xususiyati aslida tabiiy ruhiyat

mahsulidir. Bu shunchaki ruhiy

fiziologik instinkt bo‘lmay, olamni

tushunishga, hayotda o‘z o‘rnini

topishga bo‘lgan zarurat, baxtli

yashash uchun kurashish nati-

jasi, deb bilmoq kerak. O‘z-o‘zini

anglashga bo‘lgan intilish esa

ma’naviy kamolot sari yetaklaydi.

Yoshlarni barkamol kishilar

qilib tarbiyalash hozirgi murakkab

va tahlikali  davrda  alohida  ahamiyat

kasb etadi. Chunki, Vatanning

kelgusi taqdiri yoshlarga bog‘liq.

Vatanga muhabbat tuyg‘usi

bo‘lmagan kishini ma’naviy-

axloqiy jihatdan barkamol inson

deb bo‘lmaydi.

Yosh avlodni Vatanimiz kela-

jagi uchun “mas’uliyatni o‘z

zimmasiga olishga qodir” kishilar

qilib tarbiyalash ta’lim-tarbiya

tizimida an’anaviy eski andoza-

lardan voz kechish, Prezidentimiz

ta’biri bilan aytganda, “davlat

ta’lim standartlarini, o‘quv

dasturlari va o‘quv adabiyotlarini

takomillashtirish, oliy va o‘rta

maxsus ta’lim  tizimida  ta’lim

yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini

bugungi kun talablari nuqtai

nazaridan qayta ko‘rib chiqish

zarur”. Binobarin, jamiyat

taraqqiyotini uning kelajagini

belgilovchi ta’lim-tarbiya omil-

larisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Darhaqiqat, “intellektual

bilim, intellektual boylikka intilish

har qaysi millat va davlat uchun

kundalik hayot mazmuniga aylan-

masa — bunday davlat jahon

taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib

ketishi muqarrar”.

Davlatimiz rahbari barkamol

avlod tarbiyasi xususida fikr

yuritar ekan, farzandlarimizni

milliy va umuminsoniy qadriyatlar

ruhida yuksak ma’naviyatli kishilar

qilib tarbiyalashni eng dolzarb

vazifa sifatida uqtiradi hamda

eng muhim masalalarga alohida

e’tibor qaratadi.

Binobarin, mamlakatimiz-

ning kelajagini ko‘zda tutgan holda

eng ilg‘or, istiqbolli ilmiy izla-

nishlarni rivojlantirish, barkamol

avlod tarbiyasida jamiyatimizning

tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan oilani

asrab-avaylash, hozirgi murakkab

va tahlikali davrda ma’naviy

qadriyatlarimizga yot qarashlar

kirib kelishining oldini olish,

yoshlarning har tomonlama

NSONIYAT


 taraqqiyoti

yo‘liga nazar tashlansa,

kishilikning ma’naviy

kamoloti hamisha jamiyat

taraqqiyoti bilan uyg‘un kechi-

shini kuzatish mumkin. O‘rta

asrlar Uyg‘onish davri, Milliy

uyg‘onish va milliy istiqlol

davrlaridan o‘z-o‘zini anglash

orqali jamiyatga munosabatning

faollashuvi — yuksak ma’naviyatga

intilishning kuchayishi shuning

bilan izohlanadi.

Davlatimiz rahbari Islom

Karimovning yuksak ma’naviyat

— yengilmas kuch ekanligini

milliy istiqlol davri tajribalari

misolida asoslab berishi ham ana

shu tarixiy haqiqatning amaliy

ifodasidir.

Ma’naviyatning abadiyatga

daxldorligi, shuning uchun ham

abadiyatga ishonch poydevori ustida

qad ko‘tarishi va uning taraqqiyoti

milliy hamda umuminsoniy qadri-

yatlarga bog‘liqligi buyuk muta-

fakkirlar ijodida qayta-qayta tilga

olinadi. Ma’naviyat Prezidentimiz

tomonidan ilgari surilgan milliy

istiqlol mafkurasida alohida o‘rin

tutadi. Davlatimiz rahbari O‘zbek-

iston Respublikasi Konstitutsiyasi

qabul qilinganining 17 yilligiga

bag‘ishlangan tantanali marosim-

dagi ma’ruzasida bu masalaga yana

bir bor e’tiborimizni qaratdi.

2010-yilni “Barkamol avlod yili”

I


15

barkamol avlod bo‘lib hayotga

kirib borishini ta’minlash har

birimizning umrimiz mazmuni

bo‘lmog‘i tabiiy.

Zero, ma’naviyat tarbiyasi

negizida sog‘lom dunyoqarash,

sog‘lom dunyoqarash negizida esa

yuksak e’tiqod tarbiyasi amalga

oshadi.


Adabiy ta’limni yo‘lga qo‘yishda

amalga oshiriladigan yangilanish

jarayoni umuman pedagogik fikr

taraqqiyotida ro‘y berayotgan

o‘zgarishlardan, adabiyotning

jamiyat hayotidagi, ma’naviyat

shakllanishidagi o‘rnini yangicha

idrok etishdagi sog‘lomlashishdan

uzilgan holda amalga oshirilmasligi

ayon.


Ijtimoiy, metodik va ilmiy

zarurat tufayli yangilanayotgan

adabiy ta’lim mazmunida ma’-

naviyat tarbiyasi muhim o‘rin

tutishi bejiz emas. Darhaqiqat,

o‘tmish pedagogikasida adabiy

talaffuz me’yorlarini o‘rgatishga

doir tajvid ilmi, jonli nutq

asoslarini o‘rgatishga doir kalom

ilmi, ilmiy-adabiy bahslarga

o‘rgatishga doir munozara ilmi

kabi fanlarga alohida ahamiyat

berilgan. Natijada nufuzli davra-

larda ifodali o‘qish, hikoya qilish

— roviylik san’atini egallagan

kishilarning mavqei baland bo‘lgan.

Abu Nasr Forobiy “Ilmlarning

kelib chiqishi” asarida ta’kid-

lashicha, bu san’atni egallagan

kishilar hakim deyilgan va faylasuf

donishmandlar qatorida ko‘rilgan.

Adabiyot o‘z mazmun-

mohiyatiga ko‘ra ma’naviyat tar-

biyasining qudratli va hayotbaxsh

manbai sifatida e’tirof qilinar ekan,

“adabiyotga e’tibor — ma’na-

viyatga, kelajakka e’tibor” hikmati

bejiz yaratilmaganini anglash

qiyin kechmaydi.

Kultegin, Bilga Xoqon,

To‘nyuquq yodnomalarini yarat-

gan ajdodlarimiz, keyinchalik esa,

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino,

Mahmud Koshg‘ariy, G‘azzoliy,

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassa-

viy, Alisher Navoiy singari allo-

malar badiiy so‘zga ma’naviyat

manbai sifatida yuksak ehtirom

bilan qaraganlar.

Alisher Navoiy “Hayrat ul-

abror” dostonida keltirganidek,

badiiy so‘z — “Nukta suv yanglig‘

eritur toshni, topsa haqiqat o‘tidin

choshni”. Mutafakkir shoirning

“Muhokamat ul-lug‘atayn” asari-

da yozilishicha, so‘z “andoqki,

sharifidin o‘lgan badang‘a ruhi pok

yetar,  kasifidin hayotlik tang‘a

zahri halok xosiyati zuhur etar”.

Qit’a:


So‘z gavharedurki, rutbasining

Sharhidadur ahli nutq ojiz,

Andinki erur xasis muhlik,

Ko‘rguzguchadur Masih mo‘jiz.

Eramizning III—IV asrlarida

yaratilgan qadimiy hind adabiy

yodgorligi “Kalila va Dimna”,

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u

bilig”, Kaykovusning “Qobus-

noma” asarlarining asrlar osha

jahonning ko‘pgina tillariga tarjima

qilinib, qayta-qayta nashr etilishi

ulardagi ma’naviyat tarbiyasiga

doir qarashlar ifodasi bilan bog‘liq.

Zamonlar osha charxlanib,

sayqal topib, qimmati oshib

boruvchi bunday asarlar bugungi

kun yoshlarining ham ma’naviy

mulkiga aylanishi shubhasiz.

Prezidentimizning  O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi qabul

qilinganining 17 yilligiga bag‘ish-

langan tantanali yig‘ilishda qilgan

ma’ruzasida ilgari surilgan dasturil-

amal fikrlar ham farzandlarimiz-

ning milliy va umuminsoniy

qadriyatlar ruhida tarbiyalani-

shida, yuksak ma’naviyatli, odob-

axloqli, bilimli kishilar bo‘lib

yetishishida katta ahamiyat kasb

etadi. Ana shunday barkamol avlod

esa buyuk kelajakni yaratadi.

Safo MATCHONOV,

professor

Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilar xalqimizning ma’naviyat

buloqlaridan bahramand bo‘ladilar.

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.

ADABIYOT — GO‘ZALLIK

VA  AXLOQ  CHASHMASI

GO‘ZAL  O

DILGA  J


GO‘ZAL  O

DILGA  J


16

Chirchiq shahri. Navoiy haykali yonida adabiyot darsi.

Minnatdor avlodlar ulug‘ shoir ijodini sevib o‘rganadilar.

Toshkent shahridagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida.

Poytaxtimizdagi Menejment va texnologiyalar kollejida.

Maktab devoriy gazetasining yangi soni tayyor

Murabbiylar  o‘rtasida  voleybol  musobaqasi

GO‘ZAL  O

DILGA  J

GO‘ZAL  O

DILGA  J

ZAL  ORZULARNI

LGA  JO  QILIB...

ZAL  ORZULARNI

LGA  JO  QILIB...



17

3 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 1-son.

— Unutmang, ish ustasidan qo‘rqadi...

Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.

Soz tilga kirmoqda...

Ilm-u tajriba uyg‘un...

angi soni tayyorlanmoqda...

bol  musobaqasi...

ZAL  ORZULARNI

LGA  JO  QILIB...

ZAL  ORZULARNI

LGA  JO  QILIB...



HAMISHA EL BILAN

BIR JON-U BIR TAN BO‘LIB



18

“Sog‘lom avlod uchun”

xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘z

oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalarni,

chunonchi, jamoatchilik va davlat

tuzilmalarining jahon tajribasini

hisobga olgan holda kelajak avlod

naslini yaxshilashga qaratilgan

kuch-g‘ayratlarini muvofiqlash-

tirishga keng ko‘lamda ko‘mak-

lashish kabi keng qamrovli ish-

larni sidqidildan bajarib, zo‘r

ishtiyoq bilan faoliyat yuritib

kelmoqda.

Shuningdek, jamg‘arma yur-

timizda onalar va bolalar salomat-

ligini asrash va mustahkamlash,

sog‘lom avlod tarbiyasida oila-

ning rolini kuchaytirish, aholi

o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi,

tibbiy va ekologik savodxonlik,

reproduktiv salomatlikka e’ti-

borni kuchaytirish, oila qurayot-

gan yoshlarga — kelin va kuyovga

kelgusi naslning benuqson va

barkamol tug‘ilishi uchun javob-

garligini anglatish, qarindosh-

urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning

oldini olish, bolalar tarbiyasida

ota-onalar nufuzini yanada oshi-

rish kabi ulkan rejalar asosida

faoliyat yuritmoqda. Shuningdek,

“Mehribonlik”, “Muruvvat”,

“Go‘daklar” uylari tarbiyala-

nuvchilari, “Saxovat” uylarida

yashayotgan yolg‘iz keksalar

holidan doimo xabar olib, ularga

yordam berishni ham o‘z zimma-

siga olgan.

Jamg‘armaning asosiy fao-

liyatida ekologik dastur va loyi-

halarni qo‘llab-quvvatlash ham

ko‘zda tutilgan. Shu sababli, bu

tashkilot uzoq yillardan beri

Toshkent viloyati O‘lkashunoslik

va bolalar sayyohligi markazi,

“Rodnichok” nodavlat-notijorat

tashkiloti, O‘zbekiston alpinistlar

federatsiyasi bilan hamkorlikda

faoliyat yuritmoqda.

Ekologik aksiya doirasida

o‘tkazilayotgan “Chimyon-Exo”

ekologik sayyohlik festivali va qishki

“Chimyon-ekstrim” sport bay-

ramining tog‘ bag‘irlarida o‘tka-

zilishi an’anaga aylanib, keng

ommada katta qiziqish uyg‘ot-

moqda. 2000-yildan beri yosh-

larning “Ekolandiya” yozgi

ekologik-sayyohlik oromgoh

loyihasi amalga oshirilmoqda.

Vatanimizning tog‘li hududla-

rini o‘rganish, yoshlarni o‘lkamiz

ekologiyasi xususida yangi ma’-

lumotlar to‘plash, uni asrab-

avaylashga undash loyihaning

asosiy maqsadi hisoblanadi.

Shuningdek, kelajak avlod ongida

ona tabiatga mehr bilan muno-

sabatda bo‘lish tuyg‘usini shakl-

lantirish uchun O‘zbekiston-

ning go‘zal manzarali tog‘li

hududlari (masalan, Ugom-

Chatqol davlat tabiat milliy

bog‘i)da har yili maxsus ekologik

oromgoh tashkil etiladi. Tanlov

asosida saralab olingan 40-50

nafar o‘g‘il va qiz bolalar ushbu

oromgohda dam olishadi. Ular

ekologiyaga doir muammoli

loyihalar yechimini topish, gul-

xanda ovqat tayyorlash, qiyin

vaziyatlarda yo‘l topish kabi

qiziqarli mashg‘ulotlarda ishtirok

etishadi. Ona-tabiat qo‘ynida

hayotiy ko‘nikma va ekologik

bilimlarga ega bo‘lishadi. Bunday

oromgohlarda dam olgan bolalar

atrof-muhit muhofazasiga e’tibor-

li bo‘lishadi, uni asrab-avaylashga

jon kuydirib, tengdoshlarini ham

shunga chaqirishadi. “Ekolandiya”

oromgoh tipidagi “kichik mam-

lakat”. Bu yerda bolalar va o‘s-

mirlar yovvoyi tabiiy muhitda flora

(o‘simlik olami) va fauna (hay-

vonot olami) bilan yaqindan

tanishib, turli sayr, o‘yin va mu-

sobaqalar uyushtiradilar. Yoshlar

oromgohda nafaqat ekologiyaga

doir bilimlarini oshirishadi, balki

jamoalar bilan muloqot o‘rnatish

va o‘zaro munosabatlarni shakl-

lantirishni ham o‘rganishadi.

Shuningdek, mustaqil hayotda

o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari

uchun bolalarga shu kabi ochiq

tabiat qo‘ynida dam olish mu-

himdir. Zero, ular bunday sha-

roitda, chiniqib, o‘zgalar haqida

qayg‘urishni ham o‘rganishadi.

Tashkilotchilar tomonidan

uyushtirilgan interfaol o‘yin us-

lublari yoshlarni parlament va

uning komissiyasi qanday faoliyat

yuritadi, jamiyatda qonunlar

nimaga asoslanib qabul qilinadi,

degan savollarga javob izlashga ham

undaydi. Albatta, bu kabi orom-

gohlarni tashkil etish uchun ho-

miylar yordami zarur. Dastlab,

uning tashkil etilishida ayrim

tashkilotchi, shijoatli insonlar va

HAMISHA EL BILAN

BIR JON-U BIR TAN BO‘LIB

19

ishtirokchilar o‘z hisoblaridan

mablag‘ ajratgan bo‘lsalar, en-

dilikda tabiat shaydolarini qo‘llab-

quvvatlovchi muassis va homiylar

soni o‘ndan ziyod. “Ekolandiya”

oromgohini tashkil etishda “Sog‘-

lom avlod uchun” xalqaro xayriya

jamg‘armasi, Toshkent viloyati

hokimiyati, O‘zbekiston Res-

publikasi Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi, O‘zbek-

iston Respublikasi Tabiatni

muhofaza qilish qo‘mitasi,

Respublika Bolalar sayyohligi

va  o‘lkashunoslik markazi,

O‘zLiDeP Chirchiq shahar

kengashi, “Ekoforum”, “Rod-

nichok” nodavlat-notijorat tash-

kilotlari, O‘zbekiston Qushlarni

muhofaza qilish jamiyati, shu-

ningdek, Toshkent viloyat Bo-

lalar sayyohligi va o‘lkashunos-

lik markazi faol ishtirok etish-

moqda.

“Ekolandiya — 2009” orom-

gohining tashkil etilishida

“O‘zbekiston Ekologik harakati”

tashkiloti muassislik qildi.

Tashkilotchilar yoshlarni ona-

tabiatga oshno etishda qo‘shgan

kichik hissalari bilan jamoatchilik

e’tiborini katta muammolarga

qaratishmoqda. Ya’ni insonlarning

iste’molchilik manfaatlarini (toza

ichimlik suvi, musaffo havo,

chiqindilarni zararsizlantirish,

elektr energiyasini va gazni tejash,

o‘simlik va hayvonot olami mu-

hofazasi) ijtimoiy, ekologik

dolzarb muammolarning yechi-

mini topmasdan hal etish mum-

kin emasligini ta’kidlashmoqda.

“Ekolandiya” — kelajak avlod-

ning ekologik savodxonligini

oshirishda katta ahamiyatga ega

tarbiya maktabi.

“Sog‘lom avlod uchun”

xalqaro xayriya jamg‘armasi

tashkil etayotgan yozgi orom-

gohlarda har yili kam ta’min-

langan oilalarning 200-250 nafar

farzandlari hordiq chiqarishadi.

Oromgohlarda “Ekologiya kun-

lari” va uning bebaho ne’mat-

laridan tejab, isrof qilmay foy-

dalanish xususida bilib olishadi.

Bu ham o‘ziga xos ekologik

tarbiyaviy soat namunasidir.

2003-yildan beri “Sog‘lom

avlod uchun” xalqaro xayriya

jamg‘armasida yoshlar ekologik

turizmini rivojlantirish va bio-

xilma-xillikni asrash maqsadida

“Buxoro jayroni izidan” (“Za-

rafshon” qo‘riqxonasi), “Jayron

izidan” (“Jayron” ekomarkazi,

BU — SAVOB ISH

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro

xayriya jamg‘armasi Xorazm viloyati

bo‘limining qilayotgan xayrli

faoliyati uchun Urganch shahridagi

uch ming nafardan ziyod aholi

yashaydigan “Jingavuz” mahallasi

nomidan chuqur minnatdorchilik

bildirmoqchiman.

Jamg‘armaning viloyat bo‘limi

tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi

mutaxassislarining jonbozliklari

tufayli mahallamiz aholisi bevosita

shu yerning o‘zida malakali tibbiy

xizmatdan foydalanish imkoniyatiga

ega bo‘ldilar. Ayniqsa mutaxassislar

tomonidan, kam ta’minlangan,

Buxoro viloyati), “Po‘latxon

afsonasi”, “Cho‘qqi siri”,

“Chimyon halqasi” (Ugom-

Chatqol davlat tabiat milliy bog‘i)

kabi ekologik ekspeditsiyalar

tashkil etdi. Ya’ni ekologik vaziyat

barqarorligini ta’minlash va

texnogen (texnika) va antropogen

(inson faoliyati) natijasidagi

tabiatga salbiy ta’sirlarni ka-

maytirishning asosiy omillaridan

biri aholining ekologik savod-

xonligini oshirishdir, desak, mu-

bolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, har

bir fuqaro atrof-muhitga mehr

bilan yondoshsa, uni asrab-

avaylasa, kelajak avlod ham

musaffo tabiat mehriga qonib

o‘sib-ulg‘ayadi. “Sog‘lom avlod

uchun” xalqaro xayriya jam-

g‘armasi va “O‘zbekiston Ekolo-

gik harakati” tashkiloti ham-

korlikda sog‘lom avlodning voya-

ga yetishiga asos bo‘luvchi

muhit — ona-tabiat musaffoligini

asrash maqsadida loyiha va

dasturlarni rejalashtirib, amalga

oshirmoqda.

Nozimjon MO‘MINOV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro

xayriya jamg‘armasi ijrochi direktori,

“O‘zbekiston Ekoharakati” tashkiliy

qo‘mitasi a’zosi

ko‘p bolali, nogironlari bor oilalarga

alohida e’tibor berilmoqda.

Tibbiy-ijtimoiy patronaj briga-

dasi mutaxassislari mahallamizning

nogiron, ko‘zi ojiz, yordamga muhtoj

kishilarini har yili ikki marta ko‘rik-

dan  o‘tkazib, ularga mehr-muruvvat

yordami sifatida qo‘ltiqtayoqlar, dori-

darmonlar va kiyim-kechaklar berib

kelmoqdalar. Bulardan tashqari,

mahallamizda yashaydigan ikki nafar

bola lab-tanglay kemtikligi, bir nafar

bola yurak nuqsoni kasalligi bo‘yicha

bepul operatsiya qilindi.

R. ABDURASHIDOV,

Xorazm viloyati, Urganch shahar

“Jingavuz” mahallasi fuqarolar yig‘ini

raisi

KATTA  QALB  EGALARI



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barometr-aneroid-3.html

baron-de-prison---lorient.html

barone-borrelli-bozzi-13.html

barone-borrelli-bozzi-18.html

barone-borrelli-bozzi-6.html