Barkamol avlod

Sana01.04.2018
Hajmi154.44 Kb.

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR BADIIY IJODIYOT MARKAZI 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TASVIRIY SAN’AT” TO‘GARAGI 

O‘QUV QO‘LLANMASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2016 

 



 

 

Muallif: 

N.Pulatova  –  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi o‘quvchilarni ijodiy kamol 

toptirish guruhi uslubchisi 

 

F.Ziyatov  –  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi o‘quvchilarni ijodiy kamol 

toptirish guruhi rahbari 

 

Taqrizchilar:

 

R.Shoabdurasulova

  –  

Respublika  rassomchilik 

kolleji kafedra mudiri 

 

N.Shomansurova  –  “Barkamol  avlod”  respublika 

bolalar badiiy ijodiyot markazi direktorning o‘quv 

ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 

 

O‘.Rasulov – “Barkamol avlod” respublika bolalar 

badiiy ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu  qo‘llanma  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  1  avgustdagi  

194-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “Tasviriy  san’at”  to‘garagi  o‘quv  dasturiga 

muvofiq ishlab chiqildi. 

 

Ushbu  qo‘llanma  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari,  ta’lim  muassasalari, 

mehribonlik  uylari  va  mahallalar  qoshida  tashkil  etilgan  “Tasviriy  san’at”  to‘garak 

rahbarlari uchun tavsiya qilinadi. 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy  ijodiyot  markazi  huzuridagi  Uslubiy 

kengashining  2016  yil  10  oktyabrdagi  Navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan 

foydalanishga tavsiya etilgan. 

 

 

 



 

TASVIRIY SAN’AT” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 

(6 yoshli bolalar uchun) 

1. Kirish 

 

“Tasviriy”  atamasi  “tasvirlash”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  unda  turli  material, 

xususan,  bo‘yoq,  tosh,  gips,  yog‘och,  shuningdek,  boshqa  badiiy  va  turdosh 

materiallar yordamida har xil timsollarning va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash 

tushuniladi. 

Tasviriy  san’at  ilm-fan  kabi  dunyoni,  hayotni,  tabiatni,  xalqlar  tarixini 

o‘rganishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamoa davriga 

borib  taqaladi.  Bu  vaqtda  kishilar  tevarak  –  atrofda  sodir  bo‘layotgan  voqealarni, 

odam  va  xayvonlarning  tasvirini  toshlarga  chizib,  ularni  kesib  turli  ko‘rinish  va 

mazmundagi  haykallarni  yasaganlar.  Qadimdan  kishilar  san’at,  tabiat  hodisalari  va 

kishilarning o‘zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb 

hisoblaganlar. 

Ayni  paytda  tasviriy  san’at  asarlari  kishilarning  his  tuyg‘ulariga  kuchli  ta’sir 

ko‘rsatish imkoniyatiga ham egadir. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish 

orqali,  ularda  ifodalangan  go‘zallikni  kiritishga  harakat  qiladilar,  asarlardagi 

qahramonlarni ko‘rib esa ularga o‘xshashga intiladilar. San’at asarlarida ifodalangan 

salbiy  voqealar,  xunuk  xatti  –  harakatlarni  ko‘rib,  ulardan  muayyan  xulosalar 

chiqaradilar, bunday hodisalardan yiroq bo‘lishga intiladilar. 

Mevalar shakli va ularning turlari, ranglari, qanday tashkil topganligi to‘g‘risida 

tushuncha berish. Har bir bolaning o‘zi yoqtirgan mevalarni tanlab rasmini chizishga 

o‘rgatish.  Rasm  chizish  jarayonida  nimalarga  e’tibor  berish  kerakligi  haqida 

tushuncha berish. Ularga ranglar orqali ishlov berish. 

 

Vositalar yordamida hayvonlar suratini chizish. 

 

 

 

 

 

2. Qog‘ozdan qush yasash va uni ranglar bilan bezash (kimni yasagan qushi 

uzoqqa uchadi? o‘yin asosida) 

 

Birinchi  navbatda  to‘garak  a’zolari  qog‘ozdan  o‘zlari  tanlagan  qushlarning 

nusxasini  yasashni  o‘rganishadi.  Qog‘ozdan  yasalgan  qushni  shakliga  qarab  ranglar 

bilan bezash orqali rang tanlanadi, ranglarni ajrata olish mukammallashtiriladi. 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

3. Koptok asosida aylana chizish. Aylana nima

Aylana  shaklini  nimalarda  aks  etishi  xaqida  tushuncha  berib,  koptok  misolida 

aylana shaklini chizish usullari. 

Shar sirtini chizish uchun ular ufq chizig‘idan pastroqqa qo‘yiladi va kuzatiladi. 

Kuzatilganda  sharning  eni,  bo‘yi,  qalinligi  undagi perspektiv qisqarish va xokazolar 

qalam  yordamida  chamalab  aniqlanadi  so‘ng  tasvir  qog‘ozda  kompozitsion  jixatdan 

to‘g‘ri  joylashtirilib  chizishga  kiritiladi.  Chizishda  avvalo  yordamchi  chiziqlar  bilan 

sharning  holati  umumiy  o‘lchamlari  o‘lchanib  olinadi.  Keyingi  bosqichda  sharlar 

tasviridagi mayda bo‘laklar chiziladi. Perspektiv qisqarishlarning qay darajada to‘g‘ri 

tasvirlanganligini yana bir bor tekshirib ko‘riladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4.  Qo‘l  panjalari  asosida  ranglarga  botirib  kimni  qo‘llari  katta  o‘yin  asosida 

qog‘ozga chizish 

A-3  formatda  bir  necha  xil  ranglar  orqali  o‘yin  tariqasida  biror  bir  shaklni  aks 

ettirish  va  bu  shakllarni  nomlash.  Qo‘l  panjalarini  ranglarga  botirib  qog‘ozda  aks 

ettirish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5. Qog‘ozni turli ranglarda bo‘yash orqali ranglarni uyg‘unlashtirish (o‘yin 

asosida) 

Ranglarni qog‘ozga sachratib bir-biriga yopib tasavvur qilishlikni o‘rgatish.

 

Turli xil ranglarni qog‘ozga sachratib uning mavjudligini hosil qilish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6.  Qora  qalamda  bo‘yash,  chizish  va  o‘chirish.  (kim  tez  va  to‘q  bo‘yaydi 

o‘yini asosida) 

Qora qalam asosida yorug‘likni tasavvur qilish va uni aks ettirish, o‘z soyasiga 

qarab ishlash. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7. Olma shaklini chizish va bo‘yash. 

Olmaning  xili  va  shaklini  tushuntirish.  Ranglarni  tanlash  usullarini  o‘rgatish. 

Reja asosida olma rasmini ishlash. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8. Eng shirin uzum qaysi va uni shaklini chizish va bo‘yash usullari 

Husayni uzumi, kish-mish, rizamat, charos, toifa, chillaki uzumlarining shakli va 

ranglarini  ajrata  bilish  va  ranglash.  O‘quvchilar  va  taniqli  rassomlar  tomonidan 

ishlangan  rasmlarni  namoyish  etish.  Kuzgi  sabzavot  va  mevalardan  iborat  qo‘yilma 

(natyurmort) asosida savol-javoblar o‘tkazish. Naturani o‘ziga qarab rasmini chizish 

 

va  bo‘yash.  Iliq  va  sovuq  rang  tuslarining  o‘ziga  xos 

bog‘liqliklaridan  samarali  foydalanish.  Qo‘yilmani  qog‘oz 

yuzasida  to‘g‘ri  joylashtirish  haqida  nazariy  va  amaliy 

tushunchalar  berish.  Naturani  qog‘ozning  to‘rt  tomoniga 

(yuqori,  past,  o‘ng,  chap)  va  kompozitsiya  markaziga  ko‘ra 

to‘g‘ri joylashtirish. 

 

9. Oraliq nazorat ishi.  

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.   To‘garak  a’zolarining  tasviriy  san’at  bo‘yicha  

bilimlari

ni  aniqlash  uchun  quyidagi

 amaliy topshiriq  bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq: Olma shaklini chizish va bo‘yash. 

2-topshiriq: Eng shirin uzumni chizish va bo‘yash. 

3-topshiriq:

 

Geometrik shakllar ishtirokida natyurmort chizish. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy topshiriq bajarilishidan oldin o‘quvchilar bo‘yoqlar yoki rangli  qalamlar ,palitra va qog‘ozni tayyorlashlari lozim.   Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

10. Quyosh rasmini chizish va bo‘yash.

 

Aylana  timsolida  quyosh  shaklini  aks  ettirish.  Dastlab  quyosh  shaklini  chizib 

olamiz va keyin uni ranglar bilan bo‘yaymiz. 

 

 

 

 

 

 

 

11. Daraxt tasvirini chizish va bo‘yash.

 

Tabiat qo‘ynida dars tashkil etib o‘yin asosida tasavvurini aks ettirish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

12. Ertaklar asosida bolalar bilan suhbat va tasavvur asosida rasm chizish. 

 

Ertaklar  qaramonlarini  aks  ettirish,  yoqtirgan 

qahramonlarni  nomlarini  aniqlash,  chizish,  ranglar 

asosida bo‘yash. 

 

   

 

 

13. Tabiatga sayohat va tabiat rasmini chizish. 

 

Dars  mashg‘ulotlarini  tabiat  qo‘ynida 

tashkil  etib,  tabiat  manzaralarini  tasavvurini 

qog‘ozga 

tushurishni 

o‘rgatish 

va 

ularni 


ranglash. 

 

 

 

 

 

 

14. Yakuniy nazorat ishi.   

 

O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘garak a’zolarining bilim va 

ko‘nikmalari aniqlanadi.   To‘garak a’zolarining tasviriy  san’at bo‘yicha 

bilimlari

ni aniqlash uchun  quyidagi 

amaliy topshiriq

 

 bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq: Kamalak rasmini chizish va bo‘yash.  

2-topshiriq: Dumoloq shakl ishtirokida koptok rasmini chizish va bo‘yash. 

3-topshiriq: Xoxlagan ertak qaxramonini chizish. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy topshiriq bajarilishidan oldin o‘quvchilar bo‘yoqlar yoki rangli  qalamlar , palitra va qog‘ozni tayyorlashlari lozim.   Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

 

 

 

 

 

 

 



 

“TASVIRIY SAN’AT” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 

(birinchi o‘quv yili uchun) 

 

1. Kirish 

San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo 

bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi, voqelikdagi 

go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi 

bilan  esa  ijtimoiy  taraqqiyotda  katta  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi;  aqliy  mehnat  jismoniy 

mehnatdan  ajralib  chiqa  boshladi.  Bu  esa  fan  va  san’at  rivojida  muhim  ahamiyat  kasb 

etdi.  Professional  san’at  va  san’atkorlar  shu  davrda  paydo  bo‘ldi.  San’at  esa  o‘zining 

o‘ziga  xos  xususiyatini,  sinfiyligini  namoyon  etib,  hukmron  sinfning  ideologiyasini 

targ‘ib etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan 

etishib  chiqqan  iste’dodli  ijodkorlar  mehnatkash  xalq  ommasining  orzu-istaklarini, 

ularning go‘zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini 

ifoda  etuvchi  asarlar  yaratdilar.  Xalqning  turmushi,  hulq  va  odatlari,  yutuq  va 

mag‘lubiyatlari  ularning  asarlarida  o‘z  ifodasini  topdi.  Har  bir  davrda  mavjud  bo‘lgan 

ana  shunday  san’at  hayot  go‘zalliklarini  tasvirlab,  odamlarda  yuksak  xislat  va 

fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga 

da’vat etdi. 

Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar 

bo‘lib  qolmay,  balki  o‘zida  inson  aql-zakovati,  hayot  to‘g‘risidagi  fikr-o‘ylarini  aks 

ettiruvchi  ko‘zgu  hamdir.  Jahon  san’ati  tarixini o‘rgatish, uning taraqqiyot  qonunlarini 

tushunish,  nodir  yodgorliklar  bilan  tanishish,  o‘tmish  odamlarning  his-tuyg‘u,  hayotiy 

tajribalarini o‘rganish g‘oyaviy-istetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu 

so‘zsiz,  kishilarda  hayotiy  tajribalarning  boyishiga,  hayotga  yanada  keng  va  atroflicha 

yondoshishga  yordam  beradi.  Tasviriy  san’at  turlariga  rangtasvir,  arxitektura,  grafika, 

haykaltaroshlik kiradi.  

Rangtasvir tasviriy san’atning eng muhim turlaridan bo‘lib, maxsus polotnolarga, 

devorlarga ishlanadi. Tasviriy san’at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib 

berishda rang muhim o‘rin egallaydi.  

Rangtasvir  asarlari  xarakteriga  ko‘ra  monumental,  dekorativ,  mo‘‘jaz,  dastgohli 

turlarga bo‘linadi.  

Monumental  rangtasvir  me’morchilik  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  uylarning 

devorlarini,  shiftlarini  bezashda  qo‘llaniladi.  Katta  hajmda  uzoqdan  ko‘rishga 

mo‘ljallanganligi  uchun  bular  yaxlitlashtirilgan  holda  ishlanadi,  ranglar  ham  shartli 

ravishda olinadi.  

Mo‘‘jaz  san’at  asarlari  turli  mamlakatlarda  shu  jumladan  O‘zbekiston  hududida 

juda  ham  qadim  zamondan  taraqqiy  etib,  qadimiy  qo‘lyozmalarga  ishlangan. 

Chunonchi,  Alisher  Navoiyning  “Xamsa”  asarlariga  ishlangan  rasmlar  bunga  misol 

bo‘la oladi.  

Dastgohli  rangtasvir  asarlari  keng  tarqalgan  bo‘lib,  maxsus  matolar,  karton, 

yog‘och, romkaga tortilgan mato-xolst va shu kabilarga ishlanadi. Dastgohli rangtasvir 

moybo‘yoq,  guash,  suvbo‘yoq,  tempera  buyoqlarida  maxsus  dastgoh  (molbert)larga 

o‘rnatilib ishlanadi.  

Grafika - lotincha “grofo” so‘zidan olingan bo‘lib, “yozaman”, “chizaman” degan 

ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atning bu turiga oddiy va rangli qalamda ko‘mir, pastel, 

 

sangina, suvbuyoq, guash va tushda ishlangan bezaklar, turli plakatlar, hajviy rasmlar va 

haqazolar kiradi.  

Haykaltaroshlik  -  tasviriy  san’at  turlaridan  biri.  U  lotincha  “skulpo”  so‘zidan 

olinib,  qattiq  materiallarga  “qirqish,  kesish,  o‘yish,  taroshlash”  orqali  ishlov  berish 

ma’nosini anglatadi. 

 

2. “Men yozni qanday o‘tkazdim?” mavzusida rasm chizish. 

 

O‘quvchilarnig  yozgi  ta’tilini  qanday  o‘tkazganliklprini  savol-javob  orqali 

aniqlanadi va shu asosida “Men yozni qanday o‘tkazdim?” mavzusida kompozitsiya 

ishlanadi. Tanlanganmavzuning mazmunini yanada to‘liqroq berishda muxim bo‘lgan 

ifodali vosita, xarakterli xolatlar va xarakterli korinishlar borasida tushuncha berish. 

To‘garak  a’zolari  ishlagan  va  taniqli  rassomlarning  yoz  fasli  tasvirlangan 

tasviriy san’at asarlaridan, kompozitsiya tuzish bosqichlari.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3

.  

Qalamtasvir  hamda  rang  tasvir  haqida  umumiy  ma’lumotlar.  Shtrix, 

chiziq, yorug‘-soyalar 

Qalamtasvir  mashg‘ulotlarining  asosiy  maqsadi  o‘quvchilvrni  tasviriy 

san’atning  asosiy  qonun  va  qoidalari  bilan  tanishtirishdan  iborat  bo‘lib,  ularga 

rangtasvir  va  kompozitsiya  bo‘yicha  amaliy  ishlarni  bajarishni  o‘rgatishda  muhim 

bo‘g‘in hisoblanadi.  

Qalamtasvirda  ishlashning  o‘ziga  xos  jihatlari  mavjud  bo‘lib,  o‘quvchilar 

amaliy mashg‘ulot jarayonida quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. 

1. Kuzatish perespektivasining ko‘rinishlari (ufq chizig‘i, ko‘ndalang chiziq va 

yassi buyumlarning perespektivasi).  

2. Tekisliklar  bilan  chegaralangan  predmetlarning  perespektiv  ko‘rinishlari 

(kub, prizma, interer va eksterer). 

3. Silindrik  shakldagi  predmetlprning  perespektiv  ko‘rinishidagi  o‘ziga  xos 

pritsplar. 

4. Geometrik  sirtlarda  yoro‘g‘-soyalarning  tarqalish  qonuniyatlaridagi  o‘ziga 

xoslik  (shar,  silindr  va  kublarning  sirtidagi  yorug‘-soyalar  hamda  nurlarning 

jilolanishi). 



 

10 


5. Qalamtasvirda naturaning hajmini, materialini va joylashgan o‘rniniifodalay 

olish mahorati hamda usullari. 

Rangtasvir  bilan  shug‘ullanishning  samaradorligi  asosan  o‘quvchilvrning 

qalamtasvirda ishlash jarayonida o‘zlashtirgannazariy hamda amaliy bilim, malaka va 

ko‘nikmalariga  bog‘liqdir.  Rangtasvir  ishlash  jarayonida  o‘quvchilar  quyidagilarni 

o‘zlashtiradilar: 

-rang va uning tuslari, nomlari; 

-kolorit, ritm, ohangdorlik, soya va yorug‘likni aniqlay olish; 

-rang  tuslaridan  foydalanishda  old,  o‘rta  va  orqa  planlilik  qonun-qoidalariga 

rioya qilish; 

-mazok, grizayl, bo‘yoqni qavat-qavat qilib surtish;  

-ranglarning to‘q va och tuslaridan foydalangan holda natyurmort, manzara va 

shu kabilarni ishlash. 

Rangtasvir  ishlash  tasviriy  san’atning  muhim  ifodaviy  vositalaridan  biri 

sanaladi.  Bunda  o‘quvchilarning  tasviriy  savodxonlik  iqtidorlari  yanada  rivojlanib 

boradi.  

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

4.  Oddiy  geometrik  shakllardan  doira,  kvadrat,  to‘g‘ri  to‘rtburchak  va 

uchburchaklar tasvirini chizish hamda shtrixlash 

 

Oddiy  geometrik  shakllardan  doira,  kvadrat,  to‘g‘ri  to‘rtburchak  va 

uchburchaklar 

tasvirini 

chizish.  Ularni  tuzilishiga 

ko‘ra 


shtrixlashni 

mashq 


qilish.  

Yuzalar 


sirtini 

tik, 


yotiq  va  qiya  chiziqlar  bilan 

shtrixlash. 

Shtrixlash 

jarayonida 

shakllarning 

o‘ziga 


xos 

tuzilishini 

hisobga  olishga  o‘rgatish. 

Siyrak,  tig‘iz  va  quyuq 

ko‘rinishlarda 

shtirxlash 

orqali 

natura 


sirtining 

shaklini, 

hajmdorligini 

ifodalay 

olish 

yo‘llarini 

mashq qilish. 

 

11 


5. Yassi predmetlarni rasmini chizish. 

 

Yassi 

predmetlardan 

daftar, 


kitob 

muqovasi,  yo‘l  belgilari,  tut,  terak  barglarining 

rasmini chizish. Ularning xarakterli tuzilishlariga 

ko‘ra  shtrixlash  orqali  makonda  tutgan  o‘rni, 

holati va hajmdorligini ifodalay olishga o‘rgatish. 

 

 

6.  Oddiy  gips  (kub,  uch,  to‘rt,  besh  burchakli  piramida,  konus,  silindr, 

uch, besh va olti burchakli prizma, parallelipiped, shar) sirtlar rasmini chizish.

 

 

Oddiy gips (kub, uch, to‘rt, besh burchakli piramida, konus, silindr, uch, besh 

va  olti  burchakli  prizma,  parallelipiped,  shar)  sirtlarning  tasvirini  o‘ziga  qarab 

ishlash.  Ularning  tuzilishi  haqida  tushuncha  berish  va  qalamtasvirini  o‘ziga  qarab 

ishlash.  

Bir  necha  gips  predmetlardan  sodda  va  murakkab  ko‘rinishdagi  qo‘yilmalar 

hosil qilish  yo‘llari. Ularni o‘ziga qarab qalamtasvirini  ishlash  jarayonida  eng  qulay 

ko‘rinishni tanlash malakalarini hosil qilish.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7. Kub va silindrdan iborat qo‘yilma rasmini chizish 

Geometrik  sirtlarning  o‘zaro  uyg‘un  ko‘rinishidagi 

holatini  tanlash  va  qalamtasvirini  ishlash.  Kub  va  silindrning 

o‘ziga  xos  tuzilishiga  ko‘ra  shtrixlash  usullari  ustida  ishlash. 

Geometrik  sirt  yuzasidagi  turli  yorug‘-  soyalar,  yaltiroq 

joylarini 

shtrixlash 

yordamida 

ifodalash 

usullarini 

o‘zlashtirish. 

Qo‘yilmani  qog‘oz  yuzasida  to‘g‘ri  joylashtirish  va 

uning makonida joylashgan holatini to‘g‘ri ifodalash.  

 



 

12 


8. Piramida va parallepiped rasmini chizish 

Sirti  to‘g‘ri  chiziqlardan  iborat  bo‘lgan  geometrik  shakllarning  o‘ziga  qarab 

rasmini chizish. O‘zaro yonma-yon turgan sirtlarning xarakteriga ko‘ra shtrixlash va 

yorug‘-soyaliklarini to‘g‘ri ifodalash. Shtrixlarning ifodaliliklariga erishish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9. Uy ro‘zg‘or buyumlaridan iborat natyurmort qo‘yilmasi rasmini chizish

 

 

Uy-ro‘zg‘or buyumlarining xarakterli 

ko‘rinishlarini  qalamda  siyrak  va  tig‘iz 

shtrixlash 

orqali 

yorug‘-soyalarini 

tasvirlash.

 

O‘lcham  jihatidan  bir-biridan  farq 

qiladigan predmetlarning o‘zaro nisbatlarini 

to‘g‘ri 


topish 

malakalarini 

o‘stirish. 

Tushuvchi  va  xususiy  soyalarning  o‘zaro 

farq 

qiluvchi 

jihatlarini 

topish. 


Topshiriqlarni  bosqichma-bosqich  bajarish 

malakasini shakllantirish. 

 

10. Rangtasvir haqida umumiy tushuncha. 

 

O‘quvchilarga  “Rangshunoslik”dan  ranglar  va  uning  nomlari,  tuslari  hamda 

ularning  kishilar  hayotidagi  ahamiyati  haqida  tushuncha  va  nazariy  bilimlar  berish; 

o‘quvchilarda  akvarel,  guash  bo‘yoqlari,  tempera,  pastel  bilan  rasm  ishlash 

malakasini  hosil  qilish;  rangtasvir,  kompozitsiya  ishlarini  bajarish  jarayonida  asosiy 

va hosila ranglardan foydalanish, ularning tuslari ustida ish olib borish; axromatik va 

xromatik ranglar haqida tushuncha berish; axromatik va xromatik ranglarning o‘zaro 

hamohangligidan foydalangan holda rangtasvir ishlash malakalarini yanada o‘stirish.  

O‘quvchilarda  atrof-muhitdagi,  borliqdagi  rang-tuslarning  boyligi  va  xilma-

xilligi  haqida  tushuncha  hosil  qilish;  ular  bilan  “Tabiatda  rang”  mavzusida  suhbat 

o‘tkazish; och va to‘q rang tuslarini hosil qilish ustida mashqlar bajarish. 

Ranglar odatda ikkiga bo‘linadi. Birinchisi axromatik ranglar deb ataladi va oq, 

qora  hamda  kulrang  tuslari  asosiy  hisoblanadi.  Axromatik  ranglarning  xromatik 

ranglardan  farqi  shuki,  ular  yorug‘lik  nurini  (shu  jumladan  rangli  nurlarni  ham) 

tanlamay yutish va qaytarish xossalariga ega.  

Axromatik ranglardan  boshqa barcha  ranglar,  ya’ni  biror  aniq  rang  tusiga  ega 

bo‘lgan  ranglar  (masalan,  qizil,  sariq  va  shu  kabilar)  ranglar  xromatik  ranglarga 

 

13 


kiradi.  Quyosh  spektrining  barcha  ranglari  hamda  ularning  bir-birlari  bilan 

aralashuvidan  hosil  bo‘lgan  barcha  ranglar  xromatik  ranglar  jumlasidandir. 

SHuningdek,  oq  rang  bilan  qo‘shilishdan  hosil  bo‘lgan  rang  tuslari  ham  xromatik 

ranglar sirasiga kiradi. 

Har  bir  xromatik  rang  uchta  xossaga:  rang  tusiga,  rang  yorqinligiga  (bunda 

kam  yoki  ko‘p  yorqinlik  ko‘zda  tutiladi),  rang  to‘yinganligiga  ega  bo‘ladi.  Har  bir 

xromatik rang ana shu uchta xossaga ko‘ra bir-biridan farq iqladi. 

Rang  tusi-

muayyan  bir  rangning,  masalan  sariq  yoki  havorangning  och  yoki 

to‘q ko‘rinishidir. Rangning bu xossasiga ko‘ra biz ko‘z orqali qizil, sariq, zangori va 

boshqa  spektr  ranglarini  ko‘ramiz  hamda  ularning  bir  rangdan  ikkinchi  rang  tusiga 

o‘tish oralig‘idagi ko‘pgina qo‘shimcha rang tuslarini idrok qilamiz. 

Rang yorqinligi-

bu muayyan bir rangning, qizil yoki zangori rangning tiniqlik, 

tozalik, ravshvnlik darajasi nazarda tutiladi. Rang tusi spektr rang tuslariga qanchalik 

yaqinlashsa uning yorqinlik, ya’ni tiniqlik darajasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. 

Rang to‘yinganligi 

deyilganda esa rang tusining eng to‘q ko‘rinishi e’tiborga 

olinadi. Bunda yuzaga surtilgan har qanday bo‘yoq qavati o‘z kuchida, ya’ni mavjud 

bo‘lgan  rang  to‘qligida  olingan  bo‘lsa  to‘yingan  rang  deb  ataladi.  Bu  to‘yinganlik 

darajasini biz suv yoki oq bo‘yoq qo‘shish orqali kamaytirishimiz mumkin. 

 

11.  Oddiy  buyumlar  va  narsalarning  (krujka,  choynak,  piyola  barg  va 

daraxt shoxchasi) rangtasvirini bosqichlar asosida ishlash. 

 

Oddiy buyumlarning o‘ziga xos ta’sirchanlik vositalarini rang tuslari yordamida 

tasvirlash usullarini o‘rgatish. Naturaning tuzilishlarini to‘g‘ri topish va shaklga mos 

rang  surtmalari  (mazoklarda)  ifodalash.  Bunda  qo‘yilayotgan  rang  tusining  tabiiy 

ko‘rinishiga yaqin bo‘lishiga erishish. Qo‘yilmaning rangtasvirini ma’lum bosqichlar 

asosida bajarish malakalarini yanada o‘stirish. 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

12. Silindr va konusdan iborat qo‘yilmani grizayl usulida ishlash 

“Grizayl” usulida ishlash borasida nazariy va amaliy tushuncha, bilimlar berish. 

Bir rangning xilma-xil tuslarini suv bilan aralashtirish orqali topish haqida ko‘nikma 

xosil qilish.

 

Naturadagi  rang  tuslarining  yorug‘  va  soya  jihatlari,  tuslarni  och  yoki  to‘q 

ko‘rinishda bo‘yash orqali ifodalashga erishish. Geometrik sirt yuzasidagi och va to‘q 

joylarni  akvarelning  qora  yoki  to‘q  zangori  tuslari  yordamida  bo‘yash.  Turli 

shakldagi  ko‘rinishlarga  ega  bo‘lgan  predmetlar  sirtini  bir  rangning  bir  necha  xil 

tuslari yordamida ifodalay olish. 

 


 

14 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

13-15. Piramida va kubning tasvirini grizayl usulida ishlash 

 

To‘g‘ri  chiziqli  yassi  sirtlarga  ega  bo‘lgan 

geometrik  shakllarning  tomonlarini  och  va  to‘q 

rang tuslari yordamida ifodalashga o‘rgatish.

 

Yorug‘  va  soya  joylardagi  o‘ziga  xos 

reflekslar  va  ularni  ifodalash  usullari  borasida 

kerakli tushuncha berish. 

 

 

 

 

14. Oraliq nazorat 

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.   To‘garak a’zolarining tasviriy san’at  bo‘yicha 

bilimlari

ni aniqlash uchun  quyidagi 

amaliy topshiriq  bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq: Men yozni qanday o‘tkazdim?” mavzusida rasm chizish. 

2-topshiriq: Oddiy geometrik shakllarga ega bo‘lgan sodda predmetlarni (doira, 

baraban, stol yuzasi, do‘ppi) rasmini chizish va shtrixlab berish. 

3-topshiriq: Daftar, kitob muqovasi, yo‘l belgilari, tut, terak barglarini rasmlarini 

chizish va bo‘yash. 

4-topshiriq: Sirti to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lgan geometrik shakllarni o‘ziga 

qarab rasmini chizish (kub, to‘g‘ri to‘rtburchak, piramida.) 

5-topshiriq: Uy ro‘zg‘or buyumlaridan iborat natyurmort chizish va bo‘yash. 

6-topshiriq: Turli shakldagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan predmetlar sirtini bir 

rangning bir necha xil tuslari yordamida ifodalash. 

7-topshiriq: Natyurmort ishlash va bo‘yash. 

8-topshiriq: Grizayl usulida rasm ishlash. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy topshiriq bajarilishidan oldin o‘quvchilar bo‘yoqlar yoki rangli  qalamlar , palitra va qog‘ozni tayyorlashlari lozim.   Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

 



 

15 


16. Kapalakning rangtasvirini ishlash. 

 

Iliq va sovuq ranglar, och va to‘q rang tuslari, hosila 

(ya’ni  ikki  xil  rang  tusini  aralashuvidan  hosil  bo‘lgan) 

ranglar haqida tushuncha berish. 

Dekoratav  kapalakni  “Spektr  ranglari”  yordamida 

bo‘yash.  Turli  rang  tuslarinig  bir-birlariga  silliq  o‘tishlari 

va o‘zaro aralashishlari haqida tushunchaga ega bo‘lish. 

 

 

 

 

17.  Gullagan  daraxt  shoxchasining  rangtasvirini 

ishlash. 

 

Daraxt shoxchasi va gullarining qalamtasvirini bosqichlar asosida chizish va uni 

bo‘yash usullari haqida tushuncha berish. 

Iliq  va  sovuq  hamda  axromatik  rang  tuslarining  o‘zaro  bog‘liqligidan  samarali 

foydalanish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18. Gultuvakdagi gullarning o‘ziga qarab rang tasvirini ishlash. 

 

Turli shakllardan tashkil topgan naturaning o‘ziga xos jihatlarini tasviriy san’at 

qonun qoidalariga ko‘ra tasvirlay olish, ular haqida ko‘nikma hosil qilish.

 

Guldon  va  gullarga  xos  bo‘lgan  rang  tuslarini  topib  bo‘yash.  Orqa  planni 

umumlashtirgan holda tasvirlashga o‘rgatish. 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

16 


 

19. Choynak va piyoladan tashkil topgan natyurmort rangtasvirini ishlash

 

Shakli 


jihatidan 

turlicha 

bo‘lgan 

naturalarning o‘ziga xos jihatlarini to‘g‘ri topishni 

o‘rgatish.

 

Rang  tuslari  yordamida  har  bir  predmetning 

hajmdorligini to‘g‘ri ifodalash. Oq rang tusiga ega 

bo‘lgan naturalarning bir-birlaridan farqini och va 

to‘q tuslar yordamida farqini sezdira olish. 

 

 

 

20. Kompozitsiya haqida umumiy tushuncha. Kompozitsiya elementlari va 

ularning hosil bo‘lishi 

Kompozitsiya  nima?  Uning  asosiy  vazifasi.  Kompozitsiya  elementlari  va 

ulardan samarali foydalanish. Rassomlarning asarlaridagi o‘ziga xos kompozitsiya va 

ularning sharhi. Kompozitsiya tuzish qoidalari. Kompozitsiyaning o‘ziga xos qonun-

qoidalaridan  hisoblangan  kompozitsiya  markazi,  ritm,  moslik  va  o‘zaro  nisbatlar, 

muvozanat  va  shu  kabi  bir  qancha 

iboralar  borasida  nazariy  va  amaliy 

tushunchalar berish. 

Sodda 

va 


murakkab 

kompozitsiyalar  tuzishga  oid  nazariy 

(tanlangan  naturalarni  o‘zaro  joylarini 

o‘zgartirish  orqali)  va  amaliy  (qalam 

rangtasvir  asosida  xomaki  rasmlar 

ishlash) mashqlar o‘tkazish. 

 

 

 

 

21. “Kuz ne’matlari” mavzusida natyurmort ishlash 

Saxiy kuz va bu faslda pishib etiladigan noz-ne’matlar haqida tushuncha berish. 

Sabzavot  va  mevalarning  turlari,  ularning  tuzilishi  va  rang  tuslari  haqida  tushuncha 

berish.  O‘quvchilar  va  taniqli  rassomlar 

tomonidan  ishlangan  rasmlarni  namoyish 

etish.  Kuzgi  sabzavot  va  mevalardan  iborat 

qo‘yilma  (natyurmort)  asosida  savol-javoblar 

o‘tkazish.  Naturani  o‘ziga  qarab  rasmini 

chizish  va  bo‘yash.  Iliq  va  sovuq  rang 

tuslarining 

o‘ziga 

xos 


bog‘liqliklaridan 

samarali  foydalanish.  Qo‘yilmani  qog‘oz 

yuzasida to‘g‘ri  joylashtirish  haqida nazari  va 

amaliy 


tushunchalar 

berish. 


Naturani 

qog‘ozning to‘rt tomoniga (yuqori, past, o‘ng, 

chap) va kompozitsiya markaziga ko‘ra to‘g‘ri 

joylashtirish.

 

 

 

17 


 

22. “Uch og‘ayni botirlar” ertagiga illyustratsiya ishlash 

 

O‘quvchilarni  mustaqil  mavzu  tanlashga o‘rgatish.  O‘zbek  milliy  xalq  ertaklari 

va  uning  mazmuni,  unda  tasvirlangan  voqea  –  hodisalar  borasidagi  tushunchalarini 

nazariy  va  amaliy  jihatdan  rivojlantirish.  Ertak  mazmunidagi  eng  xarakterli  joylarni 

to‘g‘ri belgilash va aynan ana shu voqea-hodisani chizgan rasmlarda aks ettirish. 

Kompozitsion  markaz  va  uning  rasm  mazmunida  tutgan  o‘rni.  Rangtasvirda 

tanlangan  ertak  mazmuninig  aks  etganlik  darajasi.  Bunda  och  va  to‘q  rang  tuslari, 

qoramtir  rang  tuslaridan  o‘z  o‘rnida  va  tushungan  holda  foydalanish.  Uch  og‘ayni 

botirlar, ajdarho, o‘rmon, podsho saroyi va shu kabilarni tarixiy va afsonaviy tarzda 

ifodalay olishga o‘rgatish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

23. “Sport musobaqasi” mavzusida rasm ishlash. 

 

Jismoniy 

harakat 

aks 


etgan 

kompozitsiya 

rangtasvirini 

ishlash. 

Sport  musobaqalari va  uning o‘ziga xos 

jihatlari, 

insonning 

harakatdagi 

gavdasini,  qo‘l  va  oyoqlar,  tananing 

harakatga  mos  ravishdagi  harakterli 

holatlarini  dastlab  qalamda,  so‘ng  rang 

tuslari  yordamida  ifodalay  olishga 

o‘rgatish. 

Tanlangan 

sport 

turiga 


mos 

ravishda  qog‘oz  o‘lchami  va  holatini 

to‘g‘ri tanlash, iliq va sovuq rang tuslari 

yordamida 

harakatning 

yo‘nalishini 

ko‘rsatish.

 

Sport  kiyim-kechaklari  va  anjomlarining  xomaki  qalamtasvirlari  va 

ranglamalarini  ishlash.  Ular  asosida  yaxlit  kompozitsiya  tuzishni  mashq  qilish. 

Kompozitsiya  markazi  va  muvozanatini  to‘g‘ri  tanlash  orqali  sportchining  harakat 

yo‘nalishini aniq tasvirlash. 

 

 

 

 

 



 

18 


24. “Ertaklar olamiga sayohat”. Kim qaysi ertakni yoqtiradi? 

 

Ertaklarning  sehrli  olami  bilan  o‘quvchilarni  yaqindan  tanishtirish.  Ertaklar  va 

haqiqat  o‘rtasidagi  bog‘liqlik.  Haqiqatga  aylangan  ertaklar  va  ularning  mazmuni 

(uchar gilam, oynai jahon, uchar sandiq va h.). 

Mavzuni  tanlashda  o‘quvchilarga  savol-javoblar  yordamida  yo‘l-yo‘riq 

ko‘rsatish. Qadimiy, tarixiy va afsonaviy ko‘rinishlarni hosil qilishda rang tuslarining 

ahamiyati.  Ertaklardagi  salbiy  va  ijobiy  qahramonlarni,  kompozitsiya  markazini 

ifodalashda  rang  tuslari,  orqa  va  old  planlilik,  ranglar  qarama-qarshiligi  haqida 

tushuncha berish. 

Ertaklarning  mavzusi  va  tanlangan  voqea-hodisalar  mazmuniga  ko‘ra  engil, 

tiniq va to‘q rang tuslaridan to‘g‘ri foydalanish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

25. “Hayvonot bog‘iga sayohat” mavzusida rasm ishlash. 

 

Bo‘yi  katta  va  kichik  bo‘lgan  hayvonlar  tasvirini  qog‘oz  yuzasida  yaqin  yoki 

uzoqda  joylashtirish  orqali  suratda  tasvirlanayotgan  makonning  chuqurlilik 

xususiyatini ifodalash. 

Yovvoyi  hayvonlarning  yashash  tarzi,  ularning  tashqi  tuzilishi  va  fe’l-atvori 

bilan  o‘quvchilarni  tanishtirish.  Hayvonot  bog‘iga  sayohat  jarayonida  ayrim 

hayvonlarning 

harakterli 

xolatlarini 

xomaki 


rasm 

tarzida 


chizish. 

Hayvonlarning xarakteriga mos keladigan 

holatlar,  rang  tuslari  va  kompozitsion 

ko‘rinishlarni  to‘g‘ri  tanlash.  Tanlangan 

yovvoyi  hayvonning  harakterli  holatiga 

ko‘ra  qog‘oz  holatini  tik  yoki  yotiq 

qo‘yish.  Och  va  to‘q  rang  tuslaridan  old, 

orqa  va  o‘rta  planliliklarni  tasvirlashda 

havo 

perspektivasidan 

to‘g‘ri 

foydalanish. 

 

   

26. Erkin mavzuda kompozitsiya tuzish. 

 

O‘quvchilarning  butun  o‘quv  yili  davomida  o‘rgangan  bilim,  malaka  va 

ko‘nikmalarining  rivojlanganlik  darajasini  aniqlashda  mazkur  mavzuning  ahamiyati 

kattadir.  Bunda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlagan  mavzuning  qisqacha  mazmunini 



 

19 


barchaga  aytib  berish  bilan  bir  qatorda,  ularning  dastlabki  xomaki  rasmlarini  ham 

chizadilar.  To‘garak  rahbari  ularni  ko‘rib  kerakli  yo‘l-yo‘riqlarni  berishi  va 

mavzuning  mazmunini  yanada  boyitish  ustida  samarali  ishlashni  amaliy  ravishda 

ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir. 

Tanlangan  mavzuning  qisqacha  mazmuniga  oid  dastlabki  xomaki  rasmlarni 

chizish.  Mavzuning  mazmunini  yanada  boyitish  ustida  samarali  ishlash.  Amaliy 

ravishda ayrim qo‘shimcha detallar, ob’ektlar, obrazlar kiritish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

27. To‘garak a’zolarining ishlarini ko‘rgazmaga tayyorlash. 

 

O‘quv  yili  davomida  tayyorlangan  barcha  rasmlarni  ko‘rgazmaga  tayyorlash. 

Karton oddiy oq qog‘ozlardan rasmlar uchun chorcho‘plar (ramkalar) tayyorlash

 

 

28. Yakuniy nazorat ishi.  

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.   To‘garak a’zolarining tasviriy  san’at  bo‘yicha  

bilimlari

ni aniqlash uchun  quyidagi 

amaliy  topshiriq

 

 bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq: Iliq va sovuq ranglar va och va to‘q rang tuslari xosila ranglar 

haqida tushuncha berish, kapalakning rang tasvirini ishlash. 

2-topshiriq: Ertaklarning sexrli olami, “Ur to‘qmoq” ertagi asosida rasm chizish 

va bo‘yash. 

3-topshiriq: “Xayvonot bog‘iga sayoxat” mavzusida rasm ishlash. 

4-topshiriq: Choynak va piyoladan tashkil topgan natyurmort rang tasvirini 

ishlash. 

5-topshiriq: “Kuz ne’matlari” mavzusida natyurmort ishlash. 

6-topshiriq: Erkin mavzuda rasm ishlash. 

7-topshiriq: “Manzara” rasmini ishlash va bo‘yash. 

8-topshiriq: Tabiat xodisalari mavzusida rasm ishlash va bo‘yash (yomg‘ir, qor, 

shamol, kamalak). 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy topshiriq bajarilishidan oldin o‘quvchilar bo‘yoqlar yoki rangli  qalamlar , palitra va qog‘ozni tayyorlashlari  lozim.   Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-90.html

barnes-foundation-95.html

barnes-foundation.html

barnstead-pacific-ro.html

barokko-ital--barocco-.html