1 2 3 4 5

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/5
Sana23.10.2017
Hajmi376.17 Kb.

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 7 (231)-son, 2015-yil, iyul

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Gulhayo NAIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Tillaniso Eshboyeva 

Musahhih: Nargiza Normaxmatova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2015-yil 31-iyul kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 4156 nusxa. ____-buyurtma. 

“KOLORPAK” MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent shahar, Elbek ko‘chasi, 8-uy.

  

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

dOLZARB MAVZU

Orolbo‘yi muhofazasi – bioxilma-xillik asosi ............................2

iNSON VA JAMiYAT

Globalizatsiya va modernizatsiya aloqasi ..................................5

TARBiYA TAdQiQOTLARi

O‘quvchilarning psixologik xususiyatlari ...................................7

SALOMATLiK OLAMi

Allergiyasiz hayot sari...  ..........................................................9

iBN SiNO dARSXONASi

Chiniqtirish – sog‘lomlik mezoni ............................................12

TARAQQiYOT BEKATi

Elektron OAV: manzilingizni bilasizmi? ..................................14

CiTiUS, ALTiUS, FORTiUS

Futbol – 90 daqiqalik o‘yin emas ..........................................16

MUTOLAA

“Hayratul – abror” hayratlari ...............................................18

SOG‘LiGiMiZ O‘Z QO‘LiMiZdA

Nevroz – kasallikmi yoki yomon xarakter .............................. 22

iLM-FAN UFQLARi

Robotlar olami inkishofchisi ...................................................24

SHAXS KAMOLOTi

Kitoblik hunarmand qiz ..........................................................26

TAFAKKUR TUG‘YONLARi

Teatr, sahna, iste’dod...  ........................................................27

FAN VA ZAKOVAT

Sharq xalqlari taqvimi ............................................................30

FOYdALi MASLAHATLAR

Qora sedana – ming dardga davo ..........................................32

BIRINCHI BET:

Yozning gashti  

boshqacha

TO‘RTINCHI BET:

O‘lkam jamoli



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

2

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda at-

rof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurs-

lardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng ko‘-

lamli ishlar amalga oshirildi. 

Ekologiya sohasidagi milliy qonunchilik 

bazasi yaratilib, atrof-muhitni muhofaza qi-

lish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 

bo‘yicha 30 ga yaqin qonunlar va 100 dan or-

tiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bugungi 

kunda mazkur qonunlarni davr talabi asosida 

takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston bu borada bir qator muhim 

xalqaro huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, 

“Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, “Asosan 

suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifati-

da xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq 

joylari to‘g‘risida”gi, “Butunjahon madaniy 

va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘ri-

sida”gi, “Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvo-

yi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo 

qilish to‘g‘risida”gi, “Yovvoyi hayvonlarning 

ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish 

to‘g‘risida”gi, “Transchegaraviy suv oqimlari 

va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ular-

dan foydalanish bo‘yicha” konvensiyalarga 

qo‘shildi. O‘simlik va hayvonot dunyosining 

noyob turlarini hamda ularning genetik fondi-

ni saqlab qolish maqsadida bir qator qo‘shni 

va xorijiy davlatlar bilan memorandumlar va 

bitimlar imzolandi.

Respublika hukumati tomonidan xalqaro 

hujjatlarda belgilangan shartlarni bajarish 

maqsadida O‘zbekiston Respublikasida biolo-

gik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy 

strategiya va Harakatlar rejasi tasdiqlandi. 

Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri mam-

lakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hu-

dudlar barqaror tizimini tashkil qilish va ular 

maydonini kengaytirishdan iborat.

Bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muho-

faza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivoj-

lantirish, ularni boshqarish, yaxlitligini saq-

lash hamda samarali faoliyat yuritishini 

ta’minlash davlatning birinchi darajali vazifasi 

sifatida e’tirof etilgan.

Tabiiy hududlar maydonini kengaytirish 

borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘z-

bekiston Respublikasining “Muhofaza etiladi-

gan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 

mazkur hududlarni tashkil etish, boshqarish 

va kengaytirish bilan bog‘liq huquqiy asoslar-

ni belgilab beradi. Bugungi kunda O‘zbekis-

tonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari 

tizimiga 8 ta davlat qo‘riqxonalari, 1 ta davlat 

biosfera rezervati, 2 ta tabiat milliy bog‘i, 10 

ta davlat buyurtma qo‘riqxonalari, 6 ta tabiat 

yodgorliklari, 3 ta yovvoyi hayvonlarni ko‘-

paytirish pitomniklari, respublika hududidan 

oqib o‘tuvchi 8 ta daryolarning suvini muho-

faza qilish zonalari, respublika hududida joy-

lashgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-

botqoq joylari ro‘yxatga kiritilgan 2 ta (Den-

gizko‘l va Aydar-Arnasoy) ko‘llar tizimi kiradi. 

Yurtboshimiz Islom Karimov nafaqat mam-

lakatimizda, balki mintaqadagi ekologik bar-

qarorlikni, uning xavfsizligini ta’minlashning 

tashabbuskori sifatida Orol dengizi muammo-

si allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chi-

qib, butun insoniyatning umumiy muammo-

siga aylanganligi to‘g‘risida bir necha bor Bir-

lashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assam b-

leyasida, nufuzli xalqaro va davlatlararo tash-

kilotlarning sammitlarida jahon hamjamiyatini 

ogohlikka chaqirib, ushbu muammoni ham-

korlikda bartaraf etish bo‘yicha o‘zlarining 

aniq takliflarini bildirib kelmoqdalar.

Prezidentimizning bevosita tashabbuslari 

bilan Orolbo‘yi mintaqasidagi aholi salomatli-

gini himoya qilish, ekologik barqarorlikni 

ta’minlash, uning boy biologik resurslarini 

saqlab qolish maqsadida 1993-yilda Markaziy 

Osiyo davlatlarining Orolni qutqarish xalqaro 

OROLBO‘YI MUHOFAZASI – 

BIOXILMA-XILLIK ASOSI

Dolzarb mavzu



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

3

jamg‘armasi tashkil etildi. Xu-

susan, loyihalar asosida Qo-

raqalpog‘iston Respublikasida 

“Quyi-Amudaryo” davlat bios-

fera rezervati tashkil etildi. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash 

kerakki, 1994-yilda qabul qi-

lingan “Muhofaza etiladigan 

tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston Respublikasining 

yangi Qonuni asosida respub-

likamizda mazkur hududlar-

ning maydonini kengaytirish 

uchun biosfera rezervati tu-

shunchasi kiritildi. “Quyi-Amu-

daryo” davlat biosfera rezervati esa O‘zbekis-

ton Respublikasining muhofaza etiladigan ta-

biiy hududlar tizimida ilk bor yaratilgan hudud 

sifatida faoliyat olib bormoqda. Biosfera re-

zervatining maqsadi rezervat hududidagi ta-

biiy landshaftlarni, to‘qayga xos fauna va flo-

raning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlari-

ni hamda biosfera rezervati hududiga xos 

boshqa tabiiy obyektlarni saqlab qolish, qayta 

tiklash, ekologik holatini yaxshilash, tabiiy 

resurslardan barqaror foydalanish va aholi-

ning ijtimoiy farovonligini ta’minlash, tabiat 

jarayonlarini o‘rganish, ekologik ta’lim va 

tarbiyaning rivojlanishiga yordam ko‘rsatish-

dir. 

Biosfera rezervati qo‘riqxona, bufer va 

o‘tish zonalariga ajratilgan. Bunda:

– qo‘riqxona zonasi 11568,3 gektardan 

iborat bo‘lib, u qat’iy tartibdagi muhofazala-

nadigan hudud hisoblanadi. Ushbu hudud ta-

biat obyektlari va komplekslarini to‘liq saqlab 

qolish, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib 

borish uchun mo‘ljallangan. Qo‘riqxona zo-

nasi yerlari biosfera rezervatiga doimiy foyda-

lanish uchun beriladi;

–  bufer zonasi 6731,4 gektarni tashkil etib, 

tabiat obyektlarida komplekslarni saqlash, ko‘-

paytirish va qayta tiklash uchun mo‘ljallan-

gan;

– o‘tish zonasi 50418,1 gektarga teng bo‘-

lib, biosfera rezervatidagi tabiat obyektlari ham-

da komplekslarga zarar keltirmaydigan xo‘ja-

lik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishni 

ko‘zda tutadi. 

Hozirgi kunda rezervat hududida sut emi-

zuvchi hayvonlarning 15 turi, qushlarning 

100 dan ortiq turi, baliqlarning 15 turi mavjud. 

Mazkur hududda 1976-yildan boshlab Xalqa-

ro va O‘zbekiston Qizil kitoblariga (MSOP) 

kiritilgan Buxoro bug‘isining reaklimitazatsiya 

ishlari olib borilgan. Hozirgi kunda ularning 

soni 700 dan ortiq. 

Shuningdek, yer maydoni 1,0 mln. gektar-

ga teng “Saygachiy” buyurtmaxonasi, suv 

havzasi 50,0 ming gektar maydonni tashkil 

etgan “Sudochiy” va “Jiltirbas” ko‘llari Orol-

bo‘yi hayvonot va o‘simlik dunyosini asrashda 

muhim ahamiyat kasb etish bilan bir qatorda 

hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini 

yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bi-

lan tasdiqlangan 2013–2017-yillarda O‘zbekis-

ton Respublikasida atrof-muhit muhofazasi 

bo‘yicha belgilangan tadbirlar Dasturidagi 

muhim vazifalardan biri, bu – Orolbo‘yi min-

taqasida biologik resurslardan oqilona foyda-

lanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 

tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish hi-

soblanadi. Dastur tadbirlarida: 

–  Orol dengizining qurigan tubida (80 ming 

gektar maydonda) o‘rmon-meliorativ tad 

bir-


larini amalga oshirish orqali Orolbo‘yi min-

taqasini ekologik sog‘lomlashtirish, muhofaza 

etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va 

yangilarini rivojlantirish;

–  Ustyurt tekisliklaridagi sayg‘oqlar popul-

yatsiyasini saqlash tadbirlarini ishlab chiqish;

– O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”i-

Dolzarb mavzu



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

4

ning navbatdagi nashrini hamda “Muhofaza 

etiladigan tabiiy hududlar” kitob-fotoalbomini 

tayyorlash va nashr etish;

– bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha 

Milliy strategiya va Harakatlar rejasining yan-

gi tahririni tayyorlash;

–  Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim 

o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi 

doirasida O‘zbekiston Respublikasining milliy 

axborotini tayyorlash va boshqa shunga o‘x-

shash tadbirlarni amalga oshirish rejalashtiril-

gan. 

Hozirgi kunda mazkur tadbirlar muvaf-

faqiyatli amalga oshirilmoqda.

2014-yil oktyabr oyida Urganch shahrida 

bo‘lib o‘tgan “Orol dengizi mintaqasidagi 

ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yi-

cha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi 

xalqaro konferensiyada xorijiy tashkilotlar va 

moliya institutlari hamkorligida Orol dengizi 

havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish 

bo‘yicha hajmi 8 mlrd. AQSH dollaridan ziyod 

mablag‘ miqdorida bir necha o‘nlab loyihalar-

ni amalga oshirishga kelishib olindi. 

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilo-

tining Ming yillik deklaratsiyasini tan olgan va 

imzolagan tomon sifatida hamda Milliy rivoj-

lanish tamoyillaridan kelib chiqqan holda ijti-

moiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda, shu jumladan, 

ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadlari-

ga erishish borasida davriy ravishda milliy 

chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda va 

amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Dasturga aso-

san, Orolbo‘yida atrof-muhitni muhofaza qi-

lish, uning tabiiy resurslaridan oqilona foyda-

lanish, Amudaryo o‘zanida to‘qay o‘rmonzor-

larni saqlab qolish va muhofaza etiladigan 

tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish chora-

tadbirlari, biologik xilma-xillikni saqlab qolish 

bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi-

ni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saq-

lash borasida amalga oshirilayotgan keng 

ko‘lamli ishlar hamda muhofaza etiladigan 

tabiiy hududlar maydonini kengaytirish bo‘yi-

cha yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan 

rejalar mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy 

va ekologik sohalarda barqaror rivojlanishini 

ta’minlash uchun xizmat qiladi.

I. XUSHVAQTOV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Qonunchilik palatasi deputati, 

Ekoharakat deputatlar guruhi a’zosi.

Dolzarb mavzu



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

5

Keyingi yillarda globallashuv va moderni-

zatsiya haqida e’tiborli tadqiqotlar amalga 

oshirilmoqda. Ularda globallashuvning ijobiy 

ahamiyati va modernizatsiyaning milliy ta-

raqqiyot bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. 

Bugun dunyoda kechayotgan globallashuv 

milliy taraqqiyotga ziddiyatli ta’sir etmoqda. 

U bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasi-

dagi integratsiyaning intensiv hamda eksten-

siv kuchayishiga olib kelayotgan bo‘lsa, ikkin-

chi tomondan, milliy madaniyatga, ayniqsa, 

milliy-axloqiy qadriyatlarga salbiy ta’sir eta-

yotgani ko‘zga tashlanadi. 

Masalan, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan 

qiziqish kengayib, bu hol davlatlar va xalqlar 

o‘rtasidagi integratsiyaning kuchayishiga sa-

bab bo‘lmoqda. Tabiiyki, bu omil g‘arbona 

qarashlar, hayot tarzi, ommaviy madaniyat 

ham kirib kelishiga olib keladi. Chet tillarini 

bilish, o‘rganish yaxshi, albatta. Lekin bu 

o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni, uni mukam-

mal bilish zarurligini inkor qilmaydi. Bugun 

ko‘p joylarda ingliz tilini o‘rgatuvchi kurslar 

haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi, ammo 

negadir ular qatorida o‘zbek tilini o‘rgatish 

kurslari deyarli uchramaydi.

Globallashuv jamiyatni modernizatsiya-

lash jarayonlariga ham ziddiyatli ta’sir et-

moqda. Bugun “bozor iqtisodiyoti”, “ochiq 

fuqarolik jamiyati”, “demokratik taraqqiyot” 

degan tushunchalar real hayotimizdan, ongi-

mizdan joy olgan. XX asrning ikkinchi yarmi-

da boshlangan globallashuv respublikamiz 

mustaqillikka erishgach, ushbu tushunchalar-

ni hayotimizga olib kirdi. Ular aslida g‘arbona 

tushunchalardir, mamlakatimizda ular “o‘z bek 

modeli” bilan uyg‘unlashib, jamiyatni moder-

nizatsiyalash omiliga aylandi. Biroq bo zor iq-

tisodiyoti mulkiy munosabatlarida ba’ 

zan 

egoizmni, ochiq fuqarolik jamiyati hayotimiz-

ga xalqaro terroristik elementlarning suqilib 

kirishini, demokratik taraqqiyot esa soxta de-

mokratiya tarafdorlarining paydo bo‘lishini 

ham keltirib chiqardi.

Bozor iqtisodiyoti ilg‘or davlatlar bosib o‘t-

gan ijtimoiy-tarixiy bosqich, taraqqiyot ko‘r-

satkichi bo‘lib, kishilarning jamiyat va davlat 

hayotida faol qatnashish, o‘zining tadbirkorli-

gi va tashabbuskorligini sinab ko‘rish, meh-

natiga yarasha turmush kechirish, farovon 

yashash imkonidir. 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 

islohotlar bozor munosabatlarining ushbu 

imkoniyatidan foydalanishga qaratilgan. Xu-

susiy mulkning boshqa mulklar kabi daxlsiz 

va davlat himoyasida ekani jamiyatni, kishilar 

hayotini modernizatsiyalashga yo‘l ochib ber-

di. Xususiy mulk mavjudligining huquqiy 

e’tirof etilishi barcha davlatlarga xos global 

voqelikdir. Biroq ushbu global voqelik ba’zi 

davlatlarda o‘z manfaatlarini ko‘zlovchi, ego-

istik guruhlarni ham paydo qilayotgani sir 

emas. Masalan, bozor iqtisodiyoti Rossiyada 

mamlakatning 70-75 foiz boyligini xususiy 

mulkiga aylantirgan 3 foiz yirik mulk egalari-

ni, oligarxlarni paydo qildi. Demak, bozor iq-

tisodiyotining xalqaro huquq tomonidan e’ti-

rof etilgani, global voqelikka aylangani emas, 

balki uning ijtimoiy taraqqiyotga, xalq manfa-

atlariga xizmat qilishi muhimdir.

Yoki ochiq fuqarolik jamiyatiga murojaat 

etaylik. Shubhasiz, ochiq fuqarolik jamiyati 

mohiyatan pozitiv, insoniyat orzu qilib kel-

gan ijtimoiy-siyosiy voqelik sanaladi. Unda 

davlat inson manfaatlariga, jamiyat taraqqi-

yotiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham 

O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish-

ni o‘zining strategik maqsadi deb biladi. Bu-

gun Respublikamizdagi 6100 dan ziyod no-

davlat-notijorat tashkilotlari, 10 mingdan ziyod 

o‘zini-o‘zi bosh qarish organlari, 4 ta siyosiy 

partiya ochiq fuqarolik jamiyatining rivojla-

GLOBALIZATSIYA VA  

MODERNIZATSIYA ALOQASI

Inson va jamiyat



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

6

nishiga, modernizatsiyalashga munosib hissa 

qo‘shmoqda. “Fuqarolik institutlari, nodavlat 

notijorat tashki lotlari, – deydi Prezidentimiz, – 

hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson 

huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfa-

atlarini himoya qilishning muhim omiliga 

aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini 

ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-

iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini 

o shirish uchun sharoit yaratilmoqda, jamiyat 

manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘-

maklashmoq da.” Shu bilan birga, ochiq fu-

qarolik jamiyati vijdon erkinligi, hurfikrlik va 

demokratiya bayrog‘i ostida g‘ayriislomiy, tor 

manfaatlarga ega, fundamentalistik, ekstre-

mistik, terroristik ta’sirga berilgan shaxslar, 

guruhlar ham yuzaga kelmoqda. “Sir emaski, – 

deydi I.A.Karimov, – bu dunyoda yetarli dara-

jada rasmiy va norasmiy harakatlar mavjud. 

Ular yo islomning ustunligini tan olish yoki 

boshqa dinlarga nisbatan murosasizlik yoxud 

islomdan tor milliy manfaatlarni himoya qi-

lishning asosi sifatida foydalanish maqsadini 

mahkam tutgan holda islomni o‘z siyosiy re-

jalariga bo‘ysundirmoqda. Markaziy Osiyo-

ning yangi mustaqil davlatlarini o‘z siyosiy 

tarafdorlari va ittifoqchilari safiga jalb qilish-

ga, ularga o‘z ta’sirlarini yoyishga intilish 

bunday kuchlarning mafkuraviy yo‘l-yo‘riq-

larigagina xos bo‘lmay, balki mutlaqo aniq-

ravshan harakatlar tusini ham olmoqda.” 

Demak, fuqarolik jamiyatida destruktiv hara-

katlar, elementlar bo‘lishi mumkin, ammo 

ularni fuqarolik jamiyati yoki modernizatsiya, 

hatto globallashuv ham keltirib chiqarayotga-

ni yo‘q, balki bu o‘zining g‘arazli siyosiy, 

mafkuraviy manfaatlariga ega kimsalarning 

xatti-harakatlaridir.

Jamiyat turg‘un, statik tarzda qola olmay-

di, chunki unga dinamizm, taraqqiyot xos. 

Dinamizm jamiyatni yoki uning ayrim yo‘na-

lishlarini, institutlarini taraqqiyot talablariga 

muvofiq yangilab, modernizatsiyalab borish-

ga undaydi. Ayniqsa, 74 yil totalitar tuzum 

ostida bo‘lib, jahon sivilizatsiyasidan orqada 

qolgan, xalqaro munosabatlari cheklab qo‘yil-

gan sobiq Ittifoq respublikalari uchun moder-

nizatsiya o‘ta muhim masaladir. Respublika-

mizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mo-

dernizatsiya mohiyatan global, umuminsoniy 

taraqqiyot talablariga muvofiq keladi. Bu 

o‘rinda milliy modernizatsiyaning global, 

umuminsoniy taraqqiyot bilan uyg‘unlashuvi 

ko‘zga tashlanadi. Natijada O‘zbekiston Res-

publikasi:

– o‘zining siyosiy, etnosotsial va etnoma-

daniy manfaatlariga muvofiq kelayotgan mil-

liy modernizatsiyani amalga oshirmoqda;

–  xalqaro integratsiya va kooperatsiyaning 

faol omillari sifatida global munosabatlarda 

qatnashmoqda;

– globallashuvdagi ijobiy tomonlarni mil-

liy modernizatsiya maqsadiga, xalq xo‘jaligini, 

siyosiy va iqtisodiy sohalarini yangilash vazi-

falariga yo‘naltirish yo‘lidan bormoqda. Asli-

da ham faqat shu tariqa globallashuvdagi po-

zitiv tomonlarni milliy modernizatsiya maq-

sadi va vazifalari bilan uyg‘unlashtirish 

mumkin. Globallashuv umuminsoniy miqyo-

sidagi real voqelik ekan, hech bir davlat, milliy 

taraqqiyot, etnosotsial va etnomadaniy aloqa-

larni chetlab o‘tmaydi. Demak, milliy moder-

nizatsiya esa globallashuvning pozitiv tomo-

nidan unumli foydalanish orqaligina ijtimoiy 

hayotimizni zamon talablariga muvofiq yan-

gilaydi. 

Globallashuv va modernizatsiya bir-biriga 

dialektik bog‘liq tarzda ijtimoiy taraqqiyotga 

ijobiy ta’sir etishi mumkin, ammo ular milliy 

mentalitetga, tarixiy-madaniy paradigmaga 

tayanganidagina kerakli natija beradi. 

M. ATAVULLAYEV,

O‘zMU Falsafa fakulteti 

“Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” 

kafedrasi o‘qituvchisi.




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-68.html

barnes-foundation-72.html

barnes-foundation-77.html

barnes-foundation-81.html

barnes-foundation-86.html